Toshkentda maxsus transport to‘lov kartalaridan foydalanish boshlandi

Olam

image
O‘zbekistonda jamoat transportida yagona to‘lov tizimi joriy etiladi north_east

O‘zbekistonda jamoat transportida yagona to‘lov tizimi joriy etiladi

Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari boshlandi. 

Dastlabki bosqichda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta’minlandi hamda statsionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Shuningdek, 3 yanvardan e’tiboran maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi. To‘lov kartalarining narxi 11 000 so‘mni tashkil etadi. Har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yo‘l haqi 1 400 so‘m.

Yo‘lovchilar mazkur turdagi kartalarni boshqa savdo nuqtalari qatori jeton hamda oylik yo‘l chiptalari bilan savdo qiluvchi quyidagi shahobchalardan harid qilishlari mumkin.

Savdo nuqtalari: Sariq ko‘l bekati, Shimoliy vokzal bekati, MUM bekati, To‘qimachilik kombinati bekati, Mashinasozlar bekati, M.Chilonzar/Korzinka bekati, Mashina bozor bekati, Parkent bozori bekati, Chimyon do‘koni bekati, Farg‘ona bozori (Risovыy) bekati, Oloy bozori (markaz. Dar. tomon.) bekati, Xadra bekati, Qo‘yliq-2 shoh bekati, Farg‘ona bozori (Risovыy) 2-bekati, Aviasozlar bozori (Kadыsheva) 2-bekati, Yunusobod 2-kvartal bekati, Farhod bozori bekati, Beruniy metrosi bekati, GRAND (Rossiya) mehmonxonasi bekati, Farhod bozorchi Lutfiy ko‘chasi bekati, Yunusobod 3-kvartal bekati, Sergeli yarmarka bozori 2-bekati, Aviasozlar bozori (Kadыsheva) bekati, Oloy bozori - Ardus bekati, Qoraqamish 2, Sergeli yarmarka bozori bekati, Saodat savdo markazi 1 bekati, Janubiy vokzal shoh bekati, Buyuk Ipak Yuli metrosi 1-bekati, Pedagogika universiteti (Chilonzor metrosi).

Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablag‘lar va naqd pul bilan yuqoridagi shahobchalarda to‘ldirish imkoni mavjud. Tez orada kartalar hisobini bankomatlar, kiosklar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali ham to‘ldirish imkoniyati yaratiladi. 

Yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizimi doirasida jamoat transporti uchun yagona transport kartalaridan tashqari to‘lovni amalga oshirish imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR chiptalar ham bosqichma-bosqich ravishda amaliyotga joriy etiladi. Shuningdek, mazkur tizimda yo‘lkira xaqi uchun to‘lovlarni kontaktsiz bank kartalari (Humo, Uzcard, Mastercard, Visa card va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati ham yaratiladi.

Pensionerlar, o‘quvchi-talabalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalanish huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi bo‘yicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Hozirda ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy masallar hal etilmoqda. Bir nechta davlat idoralari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini o‘zaro integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu yangi tizim bir necha bosqichda amaliyotga to‘la joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unga qadar esa shu kungacha yo‘lovchilar foydalanib kelgan oylik yo‘l chiptalari, jetonlar hamda shahar jamoat transportida bepul yurish huquqini beradigan guvohnomalar jamoat transportlarida to‘lov sifatida qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jamoat transporti

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing