Toshkentda liftda begona qizga shilqimlik qilgan 18 yoshli yigit qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2007 yilda tug‘ilgan yigit o‘ziga notanish bo‘lgan qizga shahvoniy harakatlarni sodir etgani uchun 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi. 

Aniqlanishicha, 30 noyabr kuni soat 01:10 da yigit Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan bir uyning lift qismida o‘ziga notanish qizga ingliz tilida gaplasha olasanmi, deya savol berib, rad javobini olganidan keyin unga shahvoniy xatti-harakatlar qilgan.

Sud davomida yigit aybini to‘liq tan olgan. 

Sud fuqaroni Ma’muriy javobgarlik kodeksining 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bo‘yicha aybli deb topgan va unga 5 kun ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Novza” metro bekatida begona ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli shahvoniy shilqimlik qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing