Toshkentdagi ayanchli YTHda bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 22 sentyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 23:00 larda Bektemir tumani, H.Bayqaro ko‘chasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasi qarshisida yuz bergan. Haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan S.X. Lacetti rusumli mashina boshqarib ketayotib, haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Xodisa sabablari aniqlanmoqda.

Oqibatda Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing