Toshkentda Lacetti urib yuborgan piyoda vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 4 avgust kuni Toshkentning Yunusobod tumanida haydovchi Lacetti rusumli avtomobilda piyodani urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH 4 avgust kuni soat 00:30 larda Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida yuz bergan. haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan O.M. “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 01 Y 777 RA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda 1992 yilda tug‘ilgan D.F. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing