Toshkentda Lacetti simyog‘ochga urilib, yonib ketdi 

3-sahifa

image

Kecha, 2 noyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, simyog‘ochga urildi. Oqibatda, mashina yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, voqea soat 23:00 da poytaxtning Olmazor tumani TXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

Haydovchi I.M. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga urilgan. YTH oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida haydovchiga shifoxonada birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi neftni qayta ishlash zavodi yaqinida tashkilotga tegishli bo‘lgan avtobus yonib ketgandi. Bundan avval, 13 oktyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing