Toshkentda Lacetti ko‘prik panjarasini buzib, kanalga tushib ketdi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyul kuni soat 06:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Bunyodkor-Seul ko‘chalari chorrahasida, haydovchi 1986 y.t. M.U. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib (sababiga aniqlik kiritilmoqda), ko‘prik ustidagi temir panjarani buzib o‘tib, “Bo‘rijar” kanaliga tushib ketdi.

Natijada Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi 34 yoshli M.U. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi YHXBB.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

480

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing