Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Lacetti daraxtga urilib ketdi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 iyun kuni  soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi B.T.  Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda drift qilgan BMW haydovchisiga chora ko‘rilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made