Toshkentda Labo reklama ustuniga urildi. Bir kishi halok bo‘di

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 avgust kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yuz bergan. 20 yoshli Asadbek N. Labo rusumli yuk avtomobilini boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib reklama ustuniga to‘qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida badan shikastlari yetgan haydovchi shifoxonaga yetkazildi. Yo‘lovchi – 31 yoshli Toshkent viloyatilik Bekzod S. olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing