Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
27 mart
4144Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 mart kuni soat 12:06 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Iftihor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:10 da yetib borib, yong‘in soat 12:29 da qurshab olingan va soat 12:31 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 8-qavatdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
LiveBarchasi