Toshkentda ko‘chma kameralardan nima maqsadda foydalanilayotgani ma’lum qilindi

Foydali

image

Toshkent ko‘chalarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi ko‘chma kameralar paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar transport boshqarmasi Matbuot xizmati kameralar nima maqsadda qo‘yilganiga oydinlik kiritdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kameralar katta chorrahalarda transport vositalari hisobini yuritish hamda yo‘lovchilar sonini aniqlash maqsadida o‘rnitlgan. 

Xabarda aytilishicha, bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qaroriga muvofiq, poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilar va transport vositalari oqimini o‘rganishni nazarda tutuvchi "Toshkent shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasining bosh rejasi"ni ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo‘ljallanmagan.

“Shu sababdan, poytaxt ko‘chalarida o‘tkazilayotgan tadqiqot ishlari to‘g‘risida internet tarmoqlarida tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘rab qolamiz!”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent fotokamera

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing