Toshkentda kuchli shamol daraxtlarni qulatmoqda. FVV ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
29 aprel 6741 1 daqiqa
Bugun, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida kuchli shamol oqibatida avtomashina ustiga daraxt qulab tushdi. Bu haqda Mirobod tuman hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, daraxt qulashi oqibatida insonlarga shikast yetmagan. Ikkita Cobalt rusumidagi avtomashinalar zarar ko‘rgan.
Bildirilishicha, hozirda hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari talafotni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
“Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Qolaversa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham kuchli shamol bo‘lishi haqida ogohlantirgan va ushbu shamol paytida quyidagi choralarni ko‘rishga chaqirgan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr