Dam olish kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
11:27 1220 2 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, harorat kechalari 18-21 darajagacha, kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 37-40 darajagacha pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi
Bugun, 21 avgust kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 36-39 daraja, janubda ba’zi joylarda 41-43 darajagacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.
Respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari ko‘pchilik viloyatlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat ertaga, 22 avgust kuni Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 22 avgustda respublika janubida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi 36-38 daraja, dam olish kunlari 32-35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi