Toshkentda kuchli magnit bo‘roni kuzatilmoqda
Bu qiziq
−
20 iyul 2024 9317 1 daqiqa
20-21 iyul kunlari Toshkent shahri kuchli magnit bo‘roni va ekstremal ultrabinafsha nurlanishi bilan qoplanadi. Bu haqda “Meteonova” xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, geota’sirning eng cho‘qqiga chiqqan nuqtasi soat 08:00 va 11:00 ga to‘g‘ri keladi. Kechga borib, ultrabinafsha nurlanishi faolligi pasaya boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Yer magnit maydonidagi buzilish darajasi besh ko‘rsatkichli shkala bo‘yicha o‘lchanadi, eng yuqorisi G5 – “juda kuchli” va G1 “zaif” hisoblanadi.
Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat beriladi. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.