Toshkentda kuchli qor yog‘gan kunda qancha YTH sodir bo‘lgani aytildi

3-sahifa 11823
image

Kecha, 18 noyabr kuni Toshkentda kuchli qor yog‘di, harorat birdan pasaydi. Shu kuni yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lishi oqibatida tirbandliklar yuzaga kelgani va muzlamalar tozalanmagani bois YTHlar sodir bo‘lgani haqida bir necha xabarlar kelib tushgandi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha shu kuni poytaxtda 94 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. 

18 noyabr kuni poytaxtda jami 2395 ta holatda qoidabuzarlik qayd etilgan. Ularning 13 tasi avtomobilni spirtli ichimlik ta’siri ostida boshqarish, 129 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasini mensimaslik, 169 tasi zaruriy hujjatlarsiz avtomobil boshqarish, 105 tasi quvib o‘tish qoidalarini buzish, 8 tasi YHXB xodimi talablariga bo‘ysunmaslik, 27 tasi telefondan yoki videomonitordan foydalanish, 9 tasi tegishli hujjatlarsiz oynalarni qoraytirish, 1 tasi qalbaki, o‘zgartirilgan yoki begona davlat raqamlari bilan avtomobilni boshqarish, 25 tasi trotuar yoki piyodalar yo‘lakchalari bo‘ylab harakatlanish, 9 to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish ekani ma’lum qilingan. 

Shuningdek, 102 ta holatda piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilgan. 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 395
Reyting: 2.9
Teglar
YTH
t
×