Toshkentda “kriminal avtoritet"ligi aytilgan Abbosxon Xo‘jayev qamaldi
3-sahifa
−
06 dekabr 2023
18205Toshkentning “kriminal avtoriteti” ekani aytilgan muqaddam sudlangan Abbosxon Xo‘jayev qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida yana olti kishi jinoyatda gumonlanib, ushlangan va protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Qo‘lga olinganlar orasida 1982 yilda tug‘ilgan Abbosxon Ahmadovich Xo‘jayev e’tiborni tortmoqda. U ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi bilan ayblanmoqda.
Xo‘jayev 2017 yilning sentyabr oyida ham Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qo‘lga olingan edi. O‘shanda IIBBdan berilgan ma’lumotlarda Abbosxon Xo‘jayev Toshkentda jinoiy guruh tashkil etgani va jinoyatchilik olamida “avtoritet” maqomini qo‘lga kiritish uchun harakat qilgani aytilgan edi.
2017 yilda Abbosxon Xo‘jayevga nisbatan giyohvand moddalarni saqlash bo‘yicha ayb e’lon qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudida ko‘rib chiqildi va 2018 yilning 20 iyun kuni sud hukmi e’lon qilindi.
Sud jinoyat ishi materiallarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchini O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘ta yirik miqdorda tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topdi va ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy tartibli koloniyada o‘tash haqida hukm chiqardi.
Shu bilan birga, Abbosxon Xo‘jayevni JKning 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari, 273-moddasi 5-qismi, 25-qismi bo‘yicha oqladi.
LiveBarchasi