Toshkentda kovidga qarshi maxsus poliklinikalar qayta ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining 12 ta tumanida Ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bugun,  24 iyun kuni imzolagan qarorida belgilangan.

Qayd etilishicha, maxsus poliklinikalar faoliyati tiklanishiga sabab koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriy tadbirlarni amalga oshirishdir.

Maxsus poliklinikalar har bir tumanda bittadan, o‘tgan yilning iyul oyi va joriy yilning yanvar oyidagi joylashuv manzillarida ish boshlaydi:

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusning eng yuqumli shtammi — “Stealth-Omicron” BA.2 varianti aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, kecha, 23 iyun kuni mamlakatda koronavirusga chalinganlarning katta qismi ya’ni 41 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent koronavirus maxsus poliklinika

Baholaganlar

310

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing