Toshkentda “kotta bolla”ning mashinalariga reyd boshlandimi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahrida qora rangli Gentra avtomashinalariga nisbatan reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish uchun Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.

G‘iyosovning bizga ma’lum qilishicha, respublikada aynan qora rangdagi Gentra avtomashinalariga taalluqli xech qanday alohida tadbir o‘tkazilayotgani yo‘q. 

“Qonun buzilishi holatlari aniqlanganda, mashinani rangi yoki rusumining ahamiyati bo‘lmay qoladi”, deydi Shohrux G‘iyosov. 

Shuningdek, u Farg‘ona viloyatida 3 dekabr kuni qora rangli Gentra mashinalari egalarini yig‘ib profilaktik suhbat o‘tkazilgani sababini ham izohladi. 

“Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida qora Gentra'larni ijaraga to‘y kortejlariga berish holatlari ko‘payib ketgani, natijada ularning davlat raqamini yechib haydash, turli qoidabuzarliklarni sodir etish, shuningdek, yo‘l ishtirokchilariga xalaqit berish holatlari kuzatilmoqda”, deya ta’kidladi IIV matbuot kotibi.

Bildirilishicha, ijaraga olingan aynan qora rangli Gentra’lar bilan bog‘liq qoidabuzarliklar soni o‘tgan yilga nisbatan deyarli 3 barobar oshib ketgan. 

“Mana shu kabi qoidabuzarliklarni oldini olish hamda to‘y kortejlarini tartibga solish maqsadida ularning egalari bilan viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilgan”, deydi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida qora rangdagi Gentra avtomobili egalari bo‘lgan “katta bolalar” bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made