Toshkentda korxona binosi yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yangihayot tumanidagai korxonalardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda korxona omborxonasining taxminan 70 kvadrat metr qismi yonib zararlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 may kuni soat 12:51 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Marg‘ib ko‘chasida joylashgan korxonalardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:32 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida korxona omborxonasining taxminan 70 kvadrat metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan.

Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 may kuni Andijon shahridagi chiqindini qayta ishlovchi sexda yong‘in chiqqan edi. Oqibatda binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonida xomashyolar yongan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yangihayot tumani korxonada yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing