Toshkentda Koreya fuqarosi o‘zbekistonlik tanishini 57 ming dollarga “uxlatdi”

3-sahifa

image

O‘tgan yilning oktyabr oyida Koreya Respublikasi fuqarosi Toshkentda O‘zbekiston fuqarosini xorijga ishga yuborishni va’da qilib, uning ko‘p miqdordagi pulini o‘zlashtirdi.

Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 59 yoshli Kim Yeon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli Sanjar X.ning ishonchiga kirib uni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, jami 57 000 AQSH dollar pulini aldov yo‘li bilan olib, bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Yeon Sunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing