Toshkentda kiyim do‘koni ishchisi boshqa bir xodim tomonidan kaltaklandi (video)
3-sahifa
−
14 Sentabr
12133Ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo markazining Sergeli filialida xodim xatosi uchun kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida savdo markazi rahbari Omadtillo Xolmatov bilan bog‘landi.
Uning aytishicha, ayni paytda holat nima sababdan ro‘y bergani hamda xodimni kaltagan yigitning shaxsini aniqlashga kirishilgan. Vaziyatni o‘rganish uchun savdo markaziga ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.
Tahririyat Toshkent shahar IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxonova bilan ham bog‘landi. Isaxonovaning bildirishicha, holat bo‘yicha murojaat kelib tushmagan. Shunday bo‘lsa-da, videodagi vaziyatga huquqiy baho berish uchun hozirda Sergeli tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“O‘rganish ishlari tugagach, batafsil ma’lumot beriladi”, deydi Nilufar Isaxonova.
Videoda xodim savdo markazining boshqa bir vakili tomonidan kaltaklanganini ko‘rish mumkin. Oq ko‘ylakdagi xodim boshqa bir ishchini yuz va tana qismlariga urib, unga “Sen isqirtsan, bu yerda ishlashga haqqing yo‘q”, “Kiyimingni almashtirib, sur bu yerdan” deb aytgan.
LiveBarchasi