Toshkentda xitoyliklar miting qildimi?

Jamiyat

image

Bugun, 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik fuqarolarning Toshkent shahar Chilonzor tumani Milliy bog‘da bannerlar bilan to‘planib, “miting” qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, aslida Huawei kompaniyasining ishchilari doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aksiyasini o‘tkazgan. Bannerlarda xitoy tilida “Sport sog‘liq garovi, siz ham yugurib sog‘lom bo‘ling“ degan yozuvlari mavjud bo‘lgan.

“Bizning ham idora va tashkilotlar o‘rnak olsa arziydigan tadbir ekanligini e’tirof etamiz”, deyiladi xabar so‘ngida.


Maqola muallifi

Teglar

miting xitoyliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing