Toshkentda Xitoy Eksport-import bankining mintaqaviy ofisi ochilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, XXR Eksimbankiga 1994 yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Eksport-import banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing