Toshkentda “Xavfsiz tun” tadbiri o‘tkazilmoqda

3-sahifa

Poytaxt Toshkentda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan "Xavfsiz tun" tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur tadbir 3 fevraldan 4 fevralga va 4 fevraldan 5 fevralga o‘tar kechasi Toshkent shahar sektor rahbarlari ishtirokida jinoyat profilaktikasi va jinoyatchilikni kamaytirish maqsadida o‘tkazilgan.

Ushbu reyd tadbirlari qoidabuzar, hujjatsiz harakatlangan, mast xaydovchilarni, shuningdek, psixotrop va narkotik moddalarni tashuvchi yoki yonida sovuq qurol bilan harakatlangan fuqarolarni hamda qidiruvdagi shaxslarni aniqlash uchun amalga oshirilgan.

Reydga jami 800 ga yaqin xodim jalb qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari reyd davomida 2100 nafar shaxsni tekshirgan. 

Shuningdek, 28 nafar shaxsda giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi vositalar borligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, tekshiruvda 117 nafar fuqarodan 122 xil turdagi o‘tkir tig‘li predmetlar qo‘lga olingan. Bular – 71 ta pichoq, 4 ta bita, 2 ta kastet, 2 ta pnivmatik qurol va 6 ta boshqa turdagi o‘tkir tig‘li predmetlar. 

Reyd davomida qidiruvda bo‘lgan 4 kishi ushlangan. 

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha esa 7544 ta avtomobil to‘xtatilib, jami 2830 ta qoidabuzarlik aniqlangan. 762 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan. 

Bulardan 380 tasi qo‘pol qoida buzish, 55 tasi transport vositasini mast holda boshqarish, 582 tasi hujjatsiz mashina boshqarish, 87 ta svetoforda noto‘g‘ri harakatlanish, 22 ta YPX xodimi talabini bajarmaslik, 26 ta ruxsatsiz oyna qoraytirish, 33 ta qayta jihozlash, 39 ta davlat raqamini yashirish va 1979 ta boshqa qoidabuzrliklarni sodir etganlik holatlari. Ma’lumotlarga ko‘ra "Xavfsiz tun" tadbiri davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB “Xavfsiz tun”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing