Toshkentda xalqaro terrorchilik tashkilotining 21 a’zosi qo‘lga olindi
Jamiyat
−
19 fevral 2020
12264Bugun, 19 fevral kuni, Toshkent shaxri xududida “Tavxid va jixod katibasi” (TJK) xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan bir gurux tarafdorlar va a’zolarning faoliyatiga chek qo‘yildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar xozirda Suriyada xalqaro terroristik tashkiloti TJK safida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1996 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan A.Shodibekovning g‘oyaviy ta’siriga tushib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan qo‘mak berish maqsadida moddiy tomondan yordam ko‘rsatib, TJK tarkibiga borib ko‘shilishni rejalashtirib kelganlar.
Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish) asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt xududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilib, 21 nafar shaxslar qo‘lga olindi.
Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi. Xozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
"Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogoxlantirib, bu kabi qonun buzulishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarning shubxali saytlaridagi da’vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga taxdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so‘raymiz", deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
Ma’lumot tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi xududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.