Toshkentda xabar sirenalari o‘rnatilayotgani haqiqatmi yoki yolg‘on?
Jamiyat
−
10 aprel 2020
10954Koronavirusning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida karantin joriy etilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda turli yolg‘on xabarlar paydo bo‘la boshladi. Ularning mazmuni va mavzusi turli xil bo‘lib, bundan asosiy maqsad shaxsiy sahifalarda foydalanuvchilar sonini oshirishga qaratilgan.
Yaqinda internetda yana bir ana shunday xabar paydo bo‘ldi. Unda aytilishicha, poytaxt Toshkent shahrida xabar sirenalari o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, ular orqali komendantlik soati e’lon qilinishi haqidagi audio va fotomateriallar ham Telegram orqali tarqatilgan.
Rasmiy manbalarning ta’kidlashicha, bu xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LiveBarchasi