Toshkentda kanalda cho‘kayotgan ikki fuqaroni qutqargan FVV xodimining o‘zi qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image
Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkakning o‘zi suvga g‘arq bo‘ldi north_east

Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan erkakning o‘zi suvga g‘arq bo‘ldi

Toshkentda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi fuqarolarning o‘zboshimchaligi tufayli cho‘kib ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha soat 15:16 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Yu.Rajabiy” MFYdan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxo‘jayev va I.Murodov fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qoladi. Shundan so‘ng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak) keyinchalik S.Q. o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakati tufayli ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolingan. Afsuski, qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi nomidan qutqaruvchi A.Azimxo‘jayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent FVV kanal

Baholaganlar

567

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing