Toshkentda kanalda cho‘kayotgan ayol qutqarib qolindi

Jamiyat

image

Kecha, 7 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida kanalda cho‘kayotgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, kecha soat 09:45 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qichqiriq” kanali atrofida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarini notanish yo‘lovchi to‘xtatib, kanalda odam cho‘kayotganligi yuzasidan xabar bergan.

Shundan so‘ng, xodimlar tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda kanal bo‘yidagi daraxtga tirmashib turgan fuqaroni suvdan arqon yordamida qutqarib olib, birinchi yordam ko‘rsatgan.

Mazkur fuqaro Olmazor tumanida joylashgan 6-sonli IIBga yetkazilgan. U yerda fuqaroga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilib, mas’ul psixolog xodimi tomonidan suhbat o‘tkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kanal

Baholaganlar

772

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing