Toshkentda “KAMAZ” ishtirokida dahshatli avtohalokat yuz berdi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
14605Joriy yilning 18 iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “KAMAZ” ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respubliksi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Voqea shu kuni, soat 06:00 larda tumanning TXAY ko‘chasi, “Dilshod” kafesi qarshisida yuz berdi. 1982 yilda tug‘ilgan haydovchi M.I. “KAMAZ” mashinasini boshqarib ketayotib uxlab qoladi. Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi reklama shitiga uriladi.
YTH oqibatida “KAMAZ” rusumli yuk avtomashinasi salonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Buning natijasida haydovchi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘l chetida turgan piyoda (Doston ismli, yoshi taxminan 25-30 larda, ayni vaqtda shaxsiga va o‘limi sababiga aniqlik kiritilmoqda) ham tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.