Toshkentda qurilishi bitmagan binoning beton bo‘laklaridan biri qulab tushdi
Jamiyat
−
29 mart
11651Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Qushbegi ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uy devorlari shamol oqibatida qulab tushdi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent shahri Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasi 2/1-uy manzilida joylashgan, yerto‘laga ega sakkiz qavatli ofis va umumiy ovqatlanish binosi qurilishida sodir bo‘lgan.
Hududiy inspeksiya tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, qurilish-montaj ishlarining ko‘p yillar davomida moliyaviy sabablarga ko‘ra to‘xtatib turilgani va hozirda ob’ektda qurilish ishlarini davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari kechayotgani aniqlangan.
Yollanma ishchilar tomonidan ob’ekt devorlarini demontaj qilish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilishi oqibatida beton bo‘laklaridan biri qurilish maydonidan tashqariga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan qurilish-montaj ishlarini loyiha va qurilishda texnika xavfsizligi talablari asosida olib borilishi bo‘yicha mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning sentyabr oyida Samarqandda talabalarning ustiga beton plita qulab tushgan edi.
LiveBarchasi