Toshkentda qurilayotgan yangi aeroport qanday bo‘lishi aytildi
Jamiyat
−
16 avgust 2023
19569O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroportining loyihasi bilan tanishdi.
Davlat rahbari o‘tgan oyda uning qurilishini borib ko‘rgan edi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, unda berilgan topshiriqlar asosida majmua bosh rejasi samaradorlik jihatidan takomillashtirilgan.
Xususan, aeroport hududi 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari ham kamayadi.
Bu aeroportning umumiy maydoni 693 gektar. Hozirda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bo‘lingan. Bu yerda 2 ta – yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviatsiya terminali bo‘ladi. 25 ta samolyot uchun turargoh, angarlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etiladi.
Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.
LiveBarchasi