Toshkentda Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qiladimi?
Jamiyat
−
13 iyul 2021
17355Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozi masjidlarda ochiq havoda o‘qiladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali efirida O‘zbekiston musalmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov aytib o‘tdi.
“Hayit namozini karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘qish uchun barcha ko‘rsatmalar berilyapti, sharoitlar hozirlanyapti. Bir necha kundan beri jamoat namozlari, juma namozlari tashqarida o‘qilyapti. Ichkarida o‘qilmayapti. Demak hayit namozini ham tashqarida, ochiq havoda o‘qish uchun sharoit qilinyapti”, deydi Homidjon Ishmatbekov.
Shuningdek, Ishmatbekov O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Qurbon Hayitining birinchi kuni 20 iyul, seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa berganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti munosabati bilan haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar ham 3 kun dam oladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonda Qurbon hayitini nishonlash va 2021 yilda qurbonlik qilish marosimlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Rossiya poytaxti Moskvada esa Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilmaydi.
LiveBarchasi