Toshkentda qizlarini “tarbiyalash” maqsadida muttasil kaltaklab kelgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida qizlarini doimiy ravishda kaltaklagan erkak uch yil qamoq jazosiga hukm qilindi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 48 yoshli sudlanuvchi ijara uyida 14 yoshli ikki qizi va 17 yoshli o‘g‘li bilan yashagan. Bolalarning onasi Rossiyada mehnat migranti sifatida ishlab, pul yuborib turgan va ba’zan uyga ham kelib turgan.

Jabrlanuvchi qizlarning so‘zlariga ko‘ra, otasi ularni arzimagan sabablar bilan qo‘llari va pol yuvish “shvabra”si bilan kaltaklagan. Ular bu haqda onasiga aytsa, o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Shuningdek, qizlar onasidan kelgan pullarni erkak o‘z ehtiyojlariga sarflab, bolalarni och qoldirganini ma’lum qilgan.

Qizlar zo‘ravonlikning bir nechta holatini kameraga yozib, onasiga yuborgan. Ularni ko‘rib, onasi ortga qaytgach, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng erkakka nisbatan 110-modda (Qiynoqlar) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Zangiota tumani sudi uni aybdor deb topib, uch yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Erkak aybini tan olgan, lekin qizlar uning gapiga quloq solmagani uchun ularni “tarbiyalash” maqsadida shunday yo‘l tutganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan 4 yoshli qiz vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent kaltak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing