Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Qizil kitobga kiritilgan Lochin qushini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrining Uchtepa tumani Shirin ko‘chasida fuqaro A.Sh. va M.A.lar tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Lochin qushi sotilayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Mazkur holatda Lochin qushi tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda sotilgani ma’lum bo‘lgan.

“Lochin qushi vaqtinchalik Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ushbu holatda huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasida belgilangan huquqbuzarlikni sodir etgan.


Maqola muallifi

Teglar

qush Qizil kitob Lochin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing