Toshkentda qimmatbaho toshni $220 000 ga sotayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
17 mart 2022
14656Toshkent shahrida tabiiy qimmatbaho toshni 220 000 AQSH dollariga sotayotgan fuqarolar ushlandi. Bu hadqa Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.
Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.X., M.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, 1 dona (haqiqiy bahosi 30 mln so‘m bo‘lgan) tabiiy toshni 220 000 AQSH dollariga qonunga hilof ravishda o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ulardan jami 4 ta tabiiy tosh hamda simob moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, toshlarning sof og‘irligi 333,8 grammni tashkil etib, tarkibi rubin, kvars, flyuorit, granat, pirop va sapfir birikmalardan iborat tabiiy qimmatbaho tosh ekani qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi