Toshkentda qidiruvga berilgan shaxs Farg‘onada ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Farg‘onada ushlangan. 

U Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. 

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing