Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs Farg‘onada ushlandi 

3-sahifa

image

Farg‘onada firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun Toshkent shahar Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan fuqaro N.A. O‘zbekiston tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq qidiruvda bo‘lgan Akromjon Abdullayev  Toshkent tumani Oqtom qishlog‘i hududida qamishlar orasida bekinib yotgan joyida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing