Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi
Jamiyat
−
18 avgust 2022
8064Toshkent shahar Alisher Navoiy shoh ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari sababli qator avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi.
Navoiy ko‘chasining “Xadra maydoni” Furqat ko‘chasidan “Chorsu maydoni” Beruniy va Samarqand darvoza ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan 2022 yil 17 avgust kunidan boshlab:
8T, 23, 73, 109, 120, 123 va 188-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Zarqaynar ko‘chasi orqali “Chorsu” metro bekati so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
42-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Saqichmon, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali “Gulobod ko‘chasi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
5-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali “Gulobod ko‘chasi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
32, 47, 81, 103 va 126-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali “Gulobod ko‘chasi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
56 va 84-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bunyodkor shoh, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali “Gulobod ko‘chasi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
11, 100 va 118-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy ko‘chalari orqali ikki taraflama;
44, 68, 89 va 115-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy, Laytito‘g‘on ko‘chalari orqali “Gulobod ko‘chasi” so‘nggi bekatigacha ikki taraflama;
28, 29, 35, 64, 65-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza, Beruniy ko‘chalari orqali ikki taraflama;
46, 53 va 91-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari orqali ikki taraflama;
17-sonli avtobus yo‘nalishining harakati A.Navoiy, Sebzor, A.Qodiriy ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama (“Chorsu savdo markazi” so‘nggi bekatigacha bormagan holda);
43-sonli avtobus yo‘nalishining harakati A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Qoratosh, Samarqand Darvoza ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama;
196-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Furqat ko‘chasidan Olmazor, A.Navoiy, Furqat, I.Karimov, Furqat ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama (“Gulobod ko‘chasi” so‘nggi bekatigacha bormagan holda);
27 va 146-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Ko‘kcha Darvoza ko‘chasidan Beruniy, Samarqand Darvoza, Qoratosh ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda bir taraflama tashkil etiladi.
LiveBarchasi