Toshkentda qator hududlarda 5 kun issiq suv bo‘lmaydi
Jamiyat 03 Oktabr 2020 19:52
5959
Joriy yilning 5-9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida ikkita issiqlik markazi ta’minot yo‘nalishidagi hududlarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK Matbuot xizmati xabar berdi.
Suv taminotini o‘chirish Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshiriladi.
Xususan, 5-9 oktyabr kunlari 1 va 5-Issiqlik markazlarining ta’minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.
1-Issiqlik markazining ta’minot yo‘nalishidagi:
• Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-tor ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik ko‘chalarida;