Toshkentda qariyb 6 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 5 milliard 775 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Hududgaz Poytaxt” GTF komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbir o‘tkazilgan.

Tumanning “Sputnik-3” mavzesidagi “B.B.” MCHJga qarashli binoda metall eritish sexi tashkil etilib, gaz ta’minoti korxonasi bilan tegishli shartnomani qayta tuzmasdan, o‘chirish moslamasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘aga qasddan shikast yetkazgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirilgan va 5 milliard 775 million so‘mlik zarar hisoblangan. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mas’uliyati cheklangan jamiyat fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tabiiy gaz Yangihayot Hududgaz Poytaxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing