Toshkentda qalbaki pullarni sotayotgan fuqaro qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
15 may 2023
6602Toshkent shahrida 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni ishlab chiqarib, ularni sotayotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro A.S. 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab, har birini 60 ming so‘mdan sotib kelayotgani aniqlangan. Ushbu shaxsdan 10 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar, jami 31 dona A4 formatdagi qog‘ozda chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar, rangli printer va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 17 yoshli yigit 100 ming so‘mlik kupyuralarni soxtalashtirgani aniqlanib, qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi