Toshkentda isitish mavsumi qachon yakunlanishi aytildi
Jamiyat
−
18 mart
73192024-2025 yillardagi isitish mavsumi bugun, 18 mart kuni rasman yakunlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, belgilangan me’yorlarga ko‘ra, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugaydi. So‘nggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18-19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushmayapti.
Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°C dan yuqori bo‘ladi.
“Ayni paytning o‘zida ham poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +12-13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan me’yorlarga mos keladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2024-2025-yillardagi isitish mavsumi rasman 2025 yil 18 martda yakunlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 2024 yilning 5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yilgandi. 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlangan.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

