Toshkentda imtihon kunlari avtobuslar harakati vaqtli boshlanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 sentyabr kunidan boshlab ikki hafta davomida oliy ta’lim muassasalariga 2020-2021 yillardagi qabul uchun test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan kunlarda abituriyentlarning belgilangan manzillarga o‘z vaqtida yetib borishlarini ta’minlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida, 2 sentyabrdan boshlab test sinovlari yakunlangunga qadar, Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlarining ish boshlash vaqtlari soat 5:00 dan belgilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

“Avtobus yo‘nalishlariga belgilangan jadvallar asosida avtobuslarni ishga chiqarilishi, yo‘nalishlarda qatnov vaqtlari va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi, belgilangan qatnovlar sonini bajarilishi hamda avtobuslarning texnik va sanitar holati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi yo‘nalishlarning faoliyati alohida nazoratga olinadi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bog‘i, G‘alaba bog‘i, Botanika bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilovada keltirilgan chizmalar orqali test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon avtobus

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing