Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 2 xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 iyul kuni soat 16:18 da Yunusobod tuman Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida ikkita xonadonda umumiy 150 kvadrat metr maydonda uyning tom qismi zararlangan. Yong‘in-qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 16:21 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in 16:59 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing