Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 8 fevral kuni Toshkentda MAN va Isuzu rusumidagi avtobuslar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

Ertalab soat 06:50 atrofida, “18-Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi, davlat raqami 01 051 JFA bo‘lgan, 46-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi MAN rusumli avtobus “18-Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi, davlat raqami 01 057 RCA bo‘lgan, 134-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus bilan Uchtepa tumani, Ko‘kcha Darvoza-To‘qimachi ko‘chalari kesishgan chorrahada to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar yo‘lovchi yengil tan jaroxati olgan, shuningdek, jabrlangan yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilib, hozirda, tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

525

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing