Toshkentda ikki nafar jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi. Yana biri qidirilyapti
3-sahifa
−
21 yanvar
20288Toshkentda juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda gumonlanayotgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxs ushlangan. Ular:
- 1976 yilda tug‘ilgan Xayrulla Yuldashev (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
- 1987 yilda tug‘ilgan Ulug‘bek Mirzahmedov (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).
Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981 yilda tug‘ilgan Rovshan Badalbayev (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi — juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) qidirilmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi IIBBning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qidiruvga berilgan shaxs Farg‘onada ushlangan edi.
LiveBarchasi