Toshkentda ikki kun kuchli shamol va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
Jamiyat
−
09 iyun 2020
8892Joriy yilning 9 va 10 iyun kunlari Toshkent shahrida shamol, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin. Bu haqda “Gidrometeorologiya xizmati markazi” ma’lum qilmoqda.
Markazning ogohlantirishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi ehtimoli mavjud.
“Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.