Toshkentda ikki kun davomida ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 27-28 aprel kunlari Toshkentda velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatining asosiy musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqa sababli bir qator ko‘chalarda soat 10:00dan 12:00ga qadar transport vositalari uchun harakatlanish  qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda. 

Unga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda ikki kun davomida vaqtincha harakat cheklanadi.

-    Amir Temur ko‘chasi – International Hotel Tashkent mehmonxonasidan Navoiy ko‘chasigacha;
-    Navoiy ko‘chasi – Amir Temur ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
-    Sharof Rashidov ko‘chasi – Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
-    Afrosiyob ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
-    Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
-    Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasigacha;
-    Abdulla Qodiriy ko‘chasi  – Maxtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;
-    Amir Temur ko‘chasi – Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Bog‘ishamol ko‘chasigacha.

Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilari Amir Temur, Navoiy, Sharof Rashidov, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Maxtumquli va Ohangaron shossesi ko‘chalari bo‘ylab yana bir bor aylanib o‘tishadi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing