Toshkentda ikki kishi mudhish YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 16 fevral kuni Toshkentning Uchtepa tumanida BMW va Isuzu ishtirokda yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV YHXBB ma’lum qildi.

YTH soat 22:45 larda, Uchtepa tumani, 24-mavze hududida joylashgan “Maqsad” kafesi qarshisida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.R. BMW rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvida bo‘lgan, yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomobiliga urilgan.

To‘qnashuv natijasida, BMW rusumli avtomobil haydovchisi R.R. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 1990 yilda tug‘ilgan B.K. shifoxonaga olib ketilayotganda, 1994 yilda tug‘ilgan V.E. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing