Toshkentda IIBB xodimi va fuqaro o‘rtasida kelishmochilik yuz berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda  Toshkent shahar IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqaro orasidagi kelishmovchilik aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limiga poytaxtda yashovchi fuqaro Ch.T.dan murojaat kelib tushgan. Murojaatchi o‘z arizasida 41 yoshli Turg‘unpo‘lat X.ning undan 6 000 000 so‘m qarzi borligini ma’lum qilgan.

Joriy yilning 5 iyun kuni Uchtepa tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori podpolkovnik M. Fozilov Turg‘unpo‘lat X.ni ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan murojaat bilan tanishib, mazkur fakt bo‘yicha tushuntirish xati yozishi uchun taklif qilgan. 

Xodimning ish joyiga Turg‘unpo‘lat bilan birga uning mazkur ishga aloqador bo‘lmagan ikki nafar tanishi (muqaddam ikki marta sudlangan 43 yoshli Farxod Yu. va 34 yoshli Solijon T.) ham kirmoqchi bo‘lishgan. Xonani tark etish to‘g‘risidagi iltimosga javoban fuqarolar qo‘pol muomalada bo‘lib, holatni videoga tushirishni boshlashgan va bu bilan xodimning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan. 

Fuqarolar ichki ishlar bo‘limidan chiqarilishi jarayoni yuqoridagi videoga tushib qolgan. Kelishmovchilik davomida Turg‘unpo‘lat X. tushuntirish xati yozishga tayyorligini bildirib, o‘zi ham do‘stlarini tinchlantirmoqchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

622

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing