Toshkentda IIB xodimi va 15 yoshli bola o‘rtasida mojaro sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs bilan ichki ishlar organi xodimi o‘rtasidagi og‘zaki mojaro aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Videoda ichki ishlar organi xodimi voyaga yetmagan bolaning ust kiyimidan ushlagancha tortqilab ko‘chaga olib chiqqani aks etgan. Shuningdek, u 15 yoshli bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni taxminan soat 14:30 larda voyaga yetmagan 15 yoshli Yu.S. “102”  tezkor raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Bektemir tumanidagi savdo majmualaridan birida qandolat mahsulotlari xodimlari bilan o‘zaro janjallashgani yuzasidan xabar bergan. Mazkur xabar yuzasidan yetib kelgan tuman IIO FMB PPX xodimlari voyaga yetmagan Yu.S.ga nisbatan qo‘pollik qilgan.

“Toshkent shahar IIBB rahbariyati fuqarolarga nisbatan xodimlar tomonidan qo‘pol muomalada bo‘lish holatlarini qoralaydi. Videodagi holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi, qisqa muddat ichida xizmat tekshiruvi yakunlanib, aybdor xodimlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq, Toshent shahrining Chilonzor tumanida IIB xodimi va tadbirkor o‘rtasida tortishuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

420

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing